Bugungi kunda o‘zga sayyoraliklar haqida turli gap-so‘zlar, xabarlar, haqiqatlar o‘rtaga tashlanmoqda. O‘zga sayyoraliklarni chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan butun boshli institutlar tashkil etilganiga guvohmiz. Olis o‘tmishda ham o‘zga sayyoralik tushunchasi bo‘lgan va ko‘p marotaba ko‘rinish bergan ekan. Quyida o‘zga sayyoraliklarni ko‘rgan dunyoning eng mashhur shaxslari haqidagi faktlar havola etiladi.
1. Edmun Galley
Astronom Edmund Galley hayoti davomida ikki marotaba o‘zga sayyoraliklar kemasini ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Ilk bor 1676 yili shunday voqea sodir bo‘lgan. Astronom osmondan o‘ta yorug‘, chiroqlari rang-barang, doimiy tarzda yonib-o‘chuvchi disksifat narsa uchib o‘tgan. Uning taxminiy hisob-kitobiga ko‘ra, bu noma’lum ob’ekt 64 kilometr balandlikdan uchib o‘tgan, tovushi xuddi toshloqda g‘ildirayotgan arava tovushiga o‘xshardi. Tezligi esa soatiga taxminan 15, 500 kilometrga teng bo‘lgan.
2. Buyuk Aleksandr
Eramizdan avvalgi 329 yili Buyuk Aleksandr navbatdagi yurishlarning birida daryodan kechib o‘tishi lozim edi. Kutilmaganda osmonda olovrangli uzuksifat, kumushrang qalqonni eslatib yuboruvchi ob’ekt paydo bo‘lgan. Ob’ekt bir necha marotaba Buyuk Aleksandr otryadi tepasiga yaqin kelib yana ortga qaytgan. Jangchi fillar va otlar bu manzaradan qo‘rqib ketib, sira yurishni istamagan. Aleksandr daryodan kechib o‘tishni boshqa kunga qoldirishga majbur bo‘lgan.
3. Texas shtati. Avroradagi falokat
1897 yili Amerikaning Rozvell shahrida soat ertalab taxminan 06: 00 da g‘alatomuz havo kemasi mahalliy sudya Proktorning tegirmoniga qulab tushdi. Portlash natijasida ob’ekt mayda-mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Mutaxassislar bo‘laklarni tekshirish jarayonida ieroglifni eslatuvchi tushunarsiz harflardan iborat yozuvni topishdi. Bu o‘shanda ham o‘zga sayyoraliklarning husnixati sifatida e’tirof etilardi. Bundan tashqari, kema ichida tanasi va yuz tuzilishi tanib bo‘lmas darajada shikastlangan o‘zga sayyoralikning jasadi ham topildi. Mahalliy korchalonlar uni o‘sha atrofdagi qabristonga dafn etishdi. Ammo oradan hech qancha o‘tmay, o‘zga sayyoralikning murdasini kimdir qabrdan o‘g‘irlab ketibdi.
4. Marselda o‘zga sayyoraliklar jangi
1608 yil 25 avgustida Marsel shahri yaqinida odamlar g‘alati kema parvoz qilayotganini ko‘rib qolishdi. Kema bir muddat havoda muallaq qotib turdi. Keyin esa kema ichidan ikkita jonzot, aniqrog‘i, xuddi hozir suratlarda aks ettirilayotgan o‘zga sayyoralik tashqariga chiqdi-da, havoda muallaq turgan holda bir-biri bilan kurasha ketdi. Keyinchalik ayni shu manzara Genuya shahrida kuzatildi. Mayli, agar buni ba’zilar ertak yo afsonaga yo‘yishsa, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. Chunki 1608 yili er yuzida havo kemasi bunyod etish uyoqda tursin, odamlar bu narsalarni etti uxlab tushida ham ko‘rmagan.
5. Xristofor Kolumb
1492 yil 11 oktyabrida Xristofor Kolumb Santa Mariya kemasida navbatdagi sayohatga otlangandi. Kutilmaganda juda balandda yorqin chiroq nur sochayotganini ko‘rib qoldi va darrov hamkasbi Pedro Gutierrezni chaqirib chiroqni ko‘rsatdi. Haqiqatan, chiroq juda yorqin nur sochar, bir yo‘qolib bir paydo bo‘lardi. Goh pastlar, goh yuqoriga ko‘tarilardi.
Shu voqeadan so‘ng oradan roppa-rosa 4 soat o‘tgach, Kolumb Amerika qit’asini ochdi.
Keyinchalik Kolumb tan olib aytdiki, chiroq o‘zga sayyoraliklar kemasi bo‘lgan va u Amerika qit’asi ochilishidan belgi bergan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)