«Alibaba» kompaniyasi asoschisi hamda ijrochi direktori Jek Maning davlati bir kunda 1,3 milliard dollarga ortdi, deb xabar berdi Forbes.
Bu kompaniyaning birinchi chorak bo‘yicha hisobotni e’lon qilganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58 foizga oshgan. Ushbu natijalar tahlilchilar kutganidan ham yuqori bo‘lib chiqdi, kompaniya aksiyalari 10 foizdan ortiqroqqa ko‘tarildi. Maning davlatini yarmidan ortig‘ini «Alibaba» aksiyalari tashkil etgani sabab kotirovkalarning ko‘tarilishi uning boyligini keskin ortishiga olib keldi.
Bundan tashqari, ikkinchi chorak davomida bulutli servislardan keladigan daromadlar deyarli ikki barobarga ortib 360 million dollarni tashkil etdi. Daromadning o‘sishiga «Alibaba»ning pullik internet-servislar va internet-infratuzilmalaridan foydalanuvchi mijozlarning umumiy sonini 75 foizga ortishi bilan tushuntirildi. Bu haqida Daryo.uz ma’lumot berdi.
Forbes Real Time reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Jek Maning boyligi 37,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. U Xitoydagi eng badavlat odam hisoblanib, reytingda 2-pog‘onani egallagan «Tencent Holdings» raisi Ma Xuatengni 900 million dollarga «ortda qoldirmoqda». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi