Bu qabila «Qoravoy» yoki «Kolufo» deb ataladi. Ular istiqomat qiladigan joy Papuaning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bu qabila a’zolari asosan odamxo‘rlik bilan qorin to‘ydiradi. Emishni o‘z oralaridan qidirishadi. Ya’ni, kimda kim ichki qonunlarni buzsa, jazo tariqasida o‘sha kimsani eb bitiradi. Aytishlaricha, ular 1970 yillarga qadar er yuzida taraqqiyot zohirligini bilishmagan. Hozir ham deyarli shunday. Ular biz erliklarni, ya’ni, o‘zlaridan boshqalarni arvohlar sifatida qabul qilishadi.
Qizig‘i, ularning uylari daraxtlar ustiga qurilgan. Qabila a’zolari qabiladoshlari orasidagi zo‘ravonlar qo‘lga olib qullikka mahkum etmasligi, yoki eb qo‘ymasligi uchun daraxtlar ustida uy qurishga majbur bo‘lisharkan. Ammo ular orasida baliqchilik bilan qorin to‘ydiradiganlar ham yo‘q emas.
Hisob-kitoblarga qaraganda, «Qoravoy» qabilasi taxminan 3 ming kishidan iborat. Ularning barchasi qadimiy afsonalarga qattiq ishonishadi, bo‘yni va qo‘llariga tumor osib yurishadi. Qabila a’zolari hanuz o‘lib ketgan ajdodlari istalgan paytda tirilib kelishlari mumkinligiga ham ishonishadi.
Qabiladagilar kiyim kiymaydi va shu ahvolda ovga boradi.
«Qoravoy» ahli daraxtlardagi uyida istiqomat qilsa-da, sovuqda uyni isitish uchun olov yoqishni yaxshi o‘zlashtirgan. Olovda ovqat ham pishirishadi.
2006 yili jurnalist Pol Raffael Avstraliya televideniesi xodimlari bilan kelib qabila a’zolari haqida hujjatli film tayyorlagandi. O‘shanda qabiladagi erkaklardan biri uning 6 yashar jiyanini qabiladoshlari jodugarlikda ayblayotgani, jazo sifatida bolakayni pishirib eyish uchun hozirlik ko‘rishayotganini aytgandi…
Ha, demak, qabila har jihatdan qoloq bo‘lishiga qaramay, baribir sehr-joduga nafrat nazari bilan boqarkan.
Darvoqe, «Qoravoy» qabilasi faqat odam go‘shtini eyish bilan cheklanmaydi. Ular erda o‘rmalagan jonzot borki, barchasini qozonga soladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi