09:05 / 26.08.2017
6 084

AQShda o‘zbekistonlik Doniyor Abdumajitovni otib ketishdi

AQShda o‘zbekistonlik Doniyor Abdumajitovni otib ketishdi
AQSh vaqti bilan 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi taxminan soat 1:40 larda AQShning Tennesi shtatida o‘zbekistonlik fuqaroni o‘z mashinasida o‘qotar qurol yordamida otib ketishdi.

Neshvill shaharchasida pitssa tashuvchi bo‘lib ishlovchi 40 yoshli Doniyor Abdumajitov bosh qismidan o‘q otar quroldan olgan jarohati tufayli “Vanderbil Hospital” shifoxonasiga olib kelingan. Bu haqda ishonchli manbaalar xabar berdi.

Noma’lum shaxslar buyurtmalarni amalga oshirib yurgan Doniyorning bosh qismiga o‘q uzgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Hozirgi paytda D.Abdumajitovning ahvoli og‘ir ekanligi xabar qilinmoqda. Shtat politsiyasi voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, D.Abdumajitov “Green card” lotoreyasi orqali joriy yilning iyun oyida AQShga oilasi bilan kelgan. U oilali, to‘rt nafar farzandi borligi ma’lum.

Doniyorning oilasiga yordam berish uchun jamg‘arma tashkil etilgan. Hozirgacha jamg‘armaga 413 kishidan 26 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ kelib tushgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda o‘zbekistonlik Doniyor Abdumajitovni otib ketishdi