18:08 / 26.08.2017
7 106

13 yil avval Nyu-Yorkdagi avtobusda tanishib qolgan juftlikning to‘yi ham avtobusda bo‘lib o‘tdi

13 yil avval Nyu-Yorkdagi avtobusda tanishib qolgan juftlikning to‘yi ham avtobusda bo‘lib o‘tdi
Nyu-Yorkda yashovchi 36 yoshli Kara Mullins hamda 42 yoshli Osvaldo Ximinezning to‘yi avtobusda bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Juftlikka ularning tanishi — aynan shu maqsadda har qanday e’tiqodga bo‘ysunuvchilarni hurmat qiladigan Universal hayot cherkovi rohibiga aylangan do‘sti nikoh o‘qidi.

Marosimda 50 nafar mehmon va tasodifiy yo‘lovchilar ishtirok etdi. To‘y marosimini NY1 telekanali translyatsiya qildi.

Bo‘lajak er-xotin 13 yil oldin aynan shu yo‘nalishda qatnaydigan avtobusda tanishib qolgan. Kuyovning NY1 telekanaliga ma’lum qilishicha, noodatiy to‘yni tashkil etish fikri o‘zidan chiqqan, kelin esa uning taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 13 yil avval Nyu-Yorkdagi avtobusda tanishib qolgan juftlikning to‘yi ham avtobusda bo‘lib o‘tdi