Viktoriya Nuland AQShning Ukraina armiyasiga sarflagan xarajatlarini ma’lum qildi

AQSh Ukraina ehtiyojlariga e’tiborli bo‘lishda davom etadi, deb aytdi AQSh Davlat kotibining Evropa va Evroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Viktoriya Nuland Kievda bo‘lib o‘tgan YES anjumanida Ukrainaga mudofaa qurol-aslahasi taqdim qilinishi haqidagi savolga javoban.
Anjuman boshlovchisining Ukrainaga AQSh tomonidan qurol-aslaha taqdim qilinishi haqidagi savolga Nuland Ukrainada AQSh ko‘magida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini eslatib o‘tdi.
“Biz harbiy yordam bilan ta’minlamoqdamiz: Ukraina armiyasini tayyorlash va jihozlash uchun 244 mln dollar sarflandi”, deb javob berdi Nuland. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing