25 avgust kuni AQShning Tennesi shtati Neshvill shaharchasidagi pitssa do‘konlarining birida yetkazib beruvchi vazifasida ishlagan O‘zbekiston fuqarosi Doniyor Abdumajitov noma’lum kimsalar tomonidan otib ketilgani haqida xabar bergan edik. O‘q uning bosh qismiga tekkan va u og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgandi.
Doniyor Abdumajitovning oilasiga yordam berish uchun jamg‘arma tashkil etilgan. Ana shu tashkilotdan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Doniyor Abdumajitov hayotdan ko‘z yumgan.
Uning rafiqasi – Shahloning aytishicha, ular shu yilning iyun oyida “Green Card” lotoreyasidagi yutuq orqali AQShga kelib qolishgan. 4 nafar farzandning otasi bo‘lgan Doniyor Abdumajitov kichik pitssa do‘konida yetkazib beruvchi vazifasida ishlagan. Navbatdagi buyurtmani yetkazish chog‘ida u noma’lum kimsalar tomonidan otib ketilgan. Voqea tunda sodir bo‘lganligi sababli uni chamasi 2 soatlardan keyin topishgan.
Abdumajitovlar oilasiga tahririyatimiz nomidan hamdardlik bildirib qolamiz.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”