Bag‘dodda portlashlar ro‘y berdi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri janubida ikkita minalashtirilgan avtomobillar portlatilishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Al Sumaria» telekanali xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Birinchi portlash shahar janubidagi Ash-Shurta Ar-Rabia tumanida ro‘y bergan. Bu portlash 3 ayol o‘limiga sabab bo‘lgan, yana 5 kishi jarohatlangan.
Ko‘p vaqt o‘tmasdan yana bir avtomobil shahar janubidagi Abu Dashir yo‘lida portlatilgan. Bu portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jabrlangan.
Bu portlashlar uchun hozircha hech bir tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Birinchi portlash shahar janubidagi Ash-Shurta Ar-Rabia tumanida ro‘y bergan. Bu portlash 3 ayol o‘limiga sabab bo‘lgan, yana 5 kishi jarohatlangan.
Ko‘p vaqt o‘tmasdan yana bir avtomobil shahar janubidagi Abu Dashir yo‘lida portlatilgan. Bu portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jabrlangan.
Bu portlashlar uchun hozircha hech bir tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…