09:31 / 29.08.2017
6 987

Shimoliy Koreya yetakchisi uchinchi farzandli bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Shimoliy Koreya yetakchisi uchinchi farzandli bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning rafiqasi joriy yil boshida uchinchi farzand ko‘rgan. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berganligini Kun nashri ma’lum qildi.

“Taxmin qilinishicha, Li Sol Chu fevralda uchinchi farzandini dunyoga keltirgan”, deb aytilgan xabarda.

“Ryonxap”ning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisining rafiqasi 2016 yilning 9 oyi mobaynida omma oldida ko‘rinish bermagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In va qo‘shiqchi Li Sol Chu 2009 yilda turmush qurishgan. 2010 va 2013 yillarda ularning ilk ikki farzandi dunyoga kelgan. Shimoliy Koreyaga 2013 yilda kelgan amerikalik basketbolchi Dennis Rodmanning ma’lum qilishicha, Kim Chen Inning ikkinchi farzandi Kim Chju E ismli qizchadir. Shimoliy Koreya yetakchisining qolgan farzandlari jinslari ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya yetakchisi uchinchi farzandli bo‘lgani ma’lum bo‘ldi