
Bolalar bizga ato etilgan eng a’lo ne’matlardan biridir.
Ammo oramizda shunday insonlar borki, begunoh, g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarni taqdir hukmiga havola etib tashlab ketishadi. Biroq besh qo‘l barobar emas, dunyoda bag‘rikeng insonlar ham talaygina. Ular kimlardir tashlab ketgan go‘daklarni asrab olib, mehr-muhabbat bilan parvarish qilishadi, voyaga yetkazishadi.
Mashhur hind aktyori Mitxun Chakraborti ham ana shunday qalbi daryo insonlardan biridir. Aktyor tashlab ketilgan qizaloqni asrab olib, uning sevimli otasiga aylandi. Mitxun qizaloqni axlat qutidan topdi va o‘ylanib o‘tirmay, uni o‘z qaramog‘iga oldi. Qizchaga Dishani deb ism qo‘yib, uni bor mehri ila voyaga yetkazdi.
Mitxunning oila a’zolari ham qizaloqni quchoq ochib kutib oldi. Dishani uch akasi va onasi himoyasida katta bo‘ldi, atrofidagi mehribonlari uning o‘gayligini, asrandi ekanligini hech qachon yuziga solishmadi. Aksincha Dishanining hayotini quvonchga to‘ldirishdi.
Ajoyib oila!

Dishani mana shunday chaqaloq bo‘lgandi

U otasining malikasi

Uch aka uchun sevimli singil

Judayam go‘zal qiz!

Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar