21:51 / 30.08.2017
6 337

Amaldagi deputat uyiga qurolli hujum uyushtirildi...

Amaldagi deputat uyiga qurolli hujum uyushtirildi...
Bugun, 30 avgust kuni Afg‘onistonning Nangarxar provinsiyasi Jalolobod shahrida afg‘on siyosatchisining uyiga jangarilar tomonidan qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Parlamenti Quyi palatasi a’zosi bo‘lgan Zohir Qodirning Jaloloboddagi uyiga jangarilar guruhi tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida uyni qo‘riqlayotgan ikki nafar soqchi halok bo‘ldi.

Hujum vaqtida jangarilardan biri qo‘lga tushmaslik uchun o‘zini portlatib yuborgani xabar qilindi.

Deputat soqchilari jangarilardan bir nafarini o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Hujum sabablari deputatning ish faoliyati bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi hozircha oydinlashtirilmagan. Jangarilar soni aniq aytilmagan.

Faqat qurolli hujum bo‘yicha tergov olib borilayotgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amaldagi deputat uyiga qurolli hujum uyushtirildi...