17:47 / 04.09.2017
6 499

Seul KXDRning yadro sinovlariga javoban harbiy mashqlarini o‘tkazdi

Seul KXDRning yadro sinovlariga javoban harbiy mashqlarini o‘tkazdi
Dushanba kuni Janubiy Koreyaning quruqlikdagi qo‘shinlari hamda harbiy havo kuchlari KXDRning yadro sinovlariga javoban harbiy mashqlarini o‘tkazdi.

Respublika qurolli kuchlari shtablari boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi bergan xabarlarga ko‘ra, raketa otishmalari vaqtida Shimoliy Koreyaning yadroviy portlash amalga oshirgan poligoniga zarba berish imitatsiya qilingan.

"Ryonxap" agentlining ma’lum qilishicha, "Xyunmu-2A" ballistik raketalari uchirilgan. Ularning uchish masofasi 500 - 800 kilometrni tashkil etadi.

O‘sha kuniyoq F-15K ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlari shartli raqibning nishonlari bo‘ylab yuqori aniqlikdagi raketalar bilan zarbalarini berishni mashq qilgan.

Mashqlar faqat janubiy koreyalik harbiy tomondan o‘tkazilgan, biroq AQSh qo‘shinlari ishtirokidagi yangi mashg‘ulotlar ham rejalashtirilgan.

Pxenyan yakshanba kuni hisob bo‘yicha oltinchi yadro sinovini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha, bu yerda gap vodorod qurilmalari haqida ketmoqda. Ular bilan olis masofaga uchadigan ballistik raketalar jihozlanishi mumkin.

Manba: «UzReport»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Seul KXDRning yadro sinovlariga javoban harbiy mashqlarini o‘tkazdi