07:47 / 06.09.2017
11 056

Xotinini begona erkak bilan tutib olgan er «mukofot»iga 15 yil muddatga qamaladigan ham bo‘ldi…

Xotinini begona erkak bilan tutib olgan er «mukofot»iga 15 yil muddatga qamaladigan ham bo‘ldi…
Amerikaning Nyu-Jersi shtatiga qarashli Klifton shahrida yashovchi Shon Donis besh yashar o‘g‘ilchasi bilan uyda qolgandi. Xotini esa dugonalari bilan qayergadir tushlik qilish uchun ketdi. Oradan hech qancha o‘tmay, o‘g‘lining plansheti yodiga tushdi-yu, uy ichini qidira boshladi. Baxtga qarshi planshet hech qayerda yo‘q edi. Shon darhol telefonidagi qidirish dasturini yoqdi. Dastur Roklend shahrini ko‘rsata boshladi.

Beixtiyor ko‘ngli g‘ash tortib oyisidan o‘g‘liga qarab turishni iltimos qildi-yu, o‘zi dastur ko‘rsatgan shaharga jo‘nadi. Dastur planshet qayerdaligini aniq ko‘rsatib bergandi. Manzilga yetgach, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, hovlilardan biri yonida xotinining mashinasi turibdi ekan. Jonholatda ichkariga o‘zini urdi. Harqalay hovli darvozasi ham ochiq qoldirilgan ekan. Xonalardan biriga kirib bundan-da dahshatliroq manzaraga guvoh bo‘ldi. Suyukli xotini boshlig‘i Albert Lopes bilan bir to‘shakda yotardi…

Irodasi kuchli ekan. Shon o‘zini to‘xtata bildi. To‘shakdagi ikki shayton malayini videotasmaga tushira boshladi. Shu asnoda «Ko‘zlarimga ishonmayapman! Ishonmayapman, Nensi!, deya baqira oldi xolos…

Xotinining o‘ynashi, shu hovlining egasi Lopes daf’atan Shonga tashlanib qoldi. Telefon uning qo‘lidan tushib ketib pachoqlandi. Demak, videoyozuv ham shu sababli yo‘q qilindi.

Qarangki, gunohlari kamlik qilgandek, Lopes Shon Donis ustidan sudga murojaat etib, uni o‘g‘irlikda va o‘zga fuqaroning uyiga bostirib kirib, oromini buzganlikda aybladi. Agar yuqorida tilga olingan ayblar isbotlansa, Shon Amerika qonunlariga ko‘ra, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

Ayni paytda tergov ishlari davom etmoqda. Dastlabki sud majlisi 2017 yil 20 sentyabr kuni boshlanadi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xotinini begona erkak bilan tutib olgan er «mukofot»iga 15 yil muddatga qamaladigan ham bo‘ldi…