Seshanba kuni Angela Merkel Geydelberg talabalar shaharchasida saylovoldi mitingida chiqish qilgan vaqtida noma’lum shaxslar unga qarata pomidor otdi. Bu haqda DPA agentligi tayanib sof.uz xabar qilmoqda.
Hukumat yetakchiligiga nomzod uch ming saylovchi qarshisida so‘zga chiqqan. Olomonga yaqinlashganda unga qarata ikkita pomidor otilgan, ularning biri kanslerning chap soniga tekkan.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, Merkel bunga kulib qo‘ygan.
Politsiyachilar uni bir-biriga aloqasiz ikki odam otgan, deb hisoblaydi. Pomidorotarlarning shaxsi aniqlangani yo‘q.
Angela Merkel Nasroniy-Demokratik ittifoq va Nasroniy-ijtimoiy ittifoq blokidan kanslerlikka nomzod sanaladi. Saylov 24 sentyabrda o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi