9 149
Bilasizmi? 2001 yil 11 sentyabr kungi Amerikadagi portlashning boshida shu davlatning razvedkasi turgan ekan!!!
Haqiqatan, amerikaliklar uchun o‘ta mash’um kun 2001 yil 11 sentyabr bo‘ldi. Dunyoning eng rivojlangan va zo‘ravon davlati bo‘lmish Amerikaga qarshi o‘ta kuchli terror harakati sodir etildi. Qurbonlar, jabr ko‘rganlarning sanog‘i bo‘lmadi. Ajablanarlisi, terrorchilar to‘rtta yo‘lovchi tashuvchi ulkan samolyot yordamida o‘zlarining chirkin niyatlarini amalga oshirdi… Bu terror harakatining boshida esa Amerika razvedkasi agentlari va Saudiya Arabistoni turgan ekan. Bu haqiqat fojia bo‘yicha mamlakat maxsus xizmati xodimlarining 28 sahifali dokladida o‘z aksini topgan. Xuddi shu 28 sahifali doklad maxfiyligicha qolib ketgandi.
Bunga qadar Amerika huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari terror harakati dunyoda faoliyati taqiqlangan «Al-Qoida» jangarilar guruhi tarafidan amalga oshirilgani haqida prezidentga hisob berishgan. Jangarilar guruhini bu ishga saudiyalik juda badavlat terrorchi Usama bin Laden yuborgani aytilgan. O‘shanda Bin Laden Afg‘onistondagi yana bir dunyoda faoliyati taqiqlangan «Tolibon» terror guruhi bazalarida berkinib yashayotgandi.
Shubhasiz, taxminlarda jon bor edi. Chunki terror harakati amalga oshirilgan o‘sha samolyotlarda ijrochi hisoblangan 19 nafar jangari bo‘lgan. Ularning 15 nafari saudiyalik, ikki nafari Birlashgan arab amirliklari vakili, biri misrlik va oxirgisi livanlik jangarilar edi. O‘sha o‘limga mahkum 19 terrorchining to‘rttasi Amerikada uchuvchilik kursida ta’lim olgan. Ammo biror marta samolyot shturvaliga o‘tirmagan.
Baxtga qarshi doklad 15 yilgacha o‘ta maxfiy hujjat sifatida begona ko‘zlardan narida saqlangan. Faqat amerikalik biznesmen Donald Tramp navbatdagi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygach, shuncha yil maxfiylashtirib kelingan haqiqat oshkor bo‘lish arafasiga kelib qoldi. Tramp demokratlar vakilasi Xillari Klinton bilan prezidentlik uchun kurash olib borish jarayonida agar AQSh prezidentiga aylansa, birinchi navbatda o‘sha maxfiy sirni oshkor etish niyatida ekanini ta’kidladi. Qarabsizki, amaldagi prezident Barak Obama bunga hojat qoldirmadi. Kutilmaganda, 2016 yil 15 iyulida Amerika maxsus xizmatining 28 sahifali dokladini rasman oshkor etdi. Donald Tramp esa ajablanishdan, afsus chekishdan nariga o‘ta olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2001 yil 11 sentyabrda birdan uchta samolyot Nyu-Yorkdagi osmono‘par Butunjahon Savdo uyi va Pentagon binosiga kelib urildi. To‘rtinchi samolyot esa Pensilvaniya osmonida halokatga uchradi.
Dokladda ta’kidlanishicha, bu samolyotlar Boston shahridan Nyu-Yorkka uchirilgan. Nyu-Yorkda sodir etilgan terror harakati oqibatida bir necha minglab odam halok bo‘ldi. Minglab odam og‘ir jarohat oldi.
Pentagon binosiga kelib urilgan samolyot 300 kishini hayotdan olib ketdi. Pensilvaniyada portlab ketgan samolyotda 50 kishi bor edi. Birontasi ham tirik qolmadi. Xulosa qilib aytganda, o‘sha dahshatli fojia to‘rt mingga yaqin odamni hayotdan olib ketdi. Olti mingga yaqin odam turli darajada jarohatlar oldi.
«Sovershenno sekretno» saytidan olindi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi