
Myanmada jang olib borayotgan “Arakan rohingyalarini qutqarish armiyasi” (ARSA) guruhi gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlash maqsadida bir tomonlama tartibda o‘t ochishni to‘xtatishini e’lon qildi.
Guruhning tvitterdagi bayonotida aytilishicha, yarashuv 10 sentyabr ertalab boshlanadi va bir oy amal qiladi.
“ARSA barcha manfaatdor tashkilotlarni o‘t ochish to‘xtatilishi vaqtida gumanitar inqirozning barcha jabrdiydalariga milliy va diniy mansubligidan qat’iy nazar, gumanitar yordam taqdim qilinishini tiklashga chaqiradi”, deyilgan bayonotda.
Avvalroq BMT Myanmda 2 haftadan beri davom etayotgan diniy adovat negizidagi to‘qnashuvlarda mamlakatni 270 ming rohingya musulmonlari tark etishganini ma’lum qilgandi. Ularning barchasi boshpana topish maqsadida qo‘shni Bangladeshga o‘tishgan. Bu yerda qochqinlar uchun deyarli joy qolmagan. BMT boshpanasiz qolgan rohingyalarga yordam sifatida homiy davlatlardan 11,3 mln dollar mablag‘ so‘ragan.
Manba: kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar