15:37 / 11.09.2017
8 771

Yangi qozoq alifbosi taqdim etildi

Yangi qozoq alifbosi taqdim etildi
Qozog‘istondagi Shoaxmetov nomidagi Respublika tillarni rivojlantirish koordinatsion-uslubiy markazi direktori, filologiya fanlari doktori Yerbol Tleshov qozoq alifbosining 25 harfdan iborat yangi variantini taqdim etdi. Bu haqda "Tengrinews"ga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.

Lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha ishchi guruh ishtirokchilaridan biri Majilisdagi chiqishida yangi alifbo variantini taqdim etdi.

"Yangi yozuvga o‘tish bir harfni boshqasiga almashtirishni anglatmaydi. Bu alifboning avvalgi variantlarida yo‘l qo‘yilgan to‘g‘ri yozishga oid kamchiliklarni tuzatishdir. Shu munosabat bilan, bizningcha, alifbo va uning tadbiq etilishi orfografiyaning yangi qoidalarini yaratishni taqozo etadi. Taklif qilingan variantda lotin alifbosining faqat asl harflari olingan", - deya ta’kidladi filolog.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi qozoq alifbosi taqdim etildi