21:23 / 19.09.2017
12 638

Fermer ikki yoshli bolani shafqatsizlarcha o‘ldirgani uchun jazoga mahkum etildi

Fermer ikki yoshli bolani shafqatsizlarcha o‘ldirgani uchun jazoga mahkum etildi
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Ayag‘oz tumanidagi fermer xo‘jaligida 2 yoshli go‘dak vahshiylarcha o‘ldirildi. 37 yoshli fermer o‘z ishchisining 2 yoshli o‘g‘liga aroq ichirgan va keyin uni shafqatsizlarcha o‘ldirgan. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.

Fermer qotillikni sodir etgach, uning onasini bu haqda politsiyaga aytmasligini talab qilib qo‘rqitgan. Shu tariqa ayol politsiyaga bola yiqilib halok bo‘lganligini aytadi.

Politsiya voqea yuzasidan surishtiruvni boshlagan vaqtida qotillik sodir bo‘lgan joyni aniqladi va ayol rostini aytishga majbur bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni fermer xo‘jalikka kelganida biroz shirakayf bo‘lgan. U ishchilari yashaydigan uyga bostirib kiradi va aroq ichishda davom etadi.

Fermerning ko‘zi endi tili chiqayotgan 2 yoshli bolaga tushadi. Uni yoniga chaqirib, stakanga aroq quyadi va bolani ichishga majburlaydi...

Buni ko‘rgan bolaning onasi unga qarshilik ko‘rsatadi, ammo fermer bolani ko‘tarib, uloqtirib yuboradi. Divanga urilgan bola tan jarohati ta’sirida battar yig‘laydi va qonagan lunjini arta boshlaydi. Bolaning yig‘isidan yanayam darg‘azab bo‘lgan fermer uni yana bir necha bor siltab turtadi.

Bolaning onasi yordamga kelgan vaqtida erkak uni avval stolga urib, keyin bir necha marta kaltaklaydi. Ayol qo‘rqib, odamlarni yordamga chaqirish uchun ko‘chaga chiqib ketadi.

Bola bilan yolg‘iz qolgan fermer go‘dakni shavqatsizlarcha kaltaklaydi, uning boshini devorga uradi. Natijada bolaning joni uziladi...

Ayol turmush o‘rtog‘ini chaqirib voqea joyiga yetib kelganida bolaning jonsiz tanasi yotganini ko‘radi. Fermer bolaning ota-onasiga ham tan jarohati yetkazish bilan tahdid qiladi.

Shu tariqa ota-ona ikki yashar bolasining jonsiz tanasini voqea joyidan olib ketadi va politsiya chaqirishadi. Huquq-tartibot organlari xodimlaridan voqea sababini yashirishadi. Xullas, ular politsiyaga bolani tomdan yiqilib tushganligini ma’lum qilishadi.

Sud jarayonida ayol bo‘lib o‘tgan voqeani ro‘y-rost so‘zlab berdi. Fermer aybiga iqror bo‘lmay, tuhmat qurboniga aylanganligini aytdi. Ammo barcha dalillar uning qotil ekanligini isbotladi.

Fermer qotillik va yolg‘on guvohlik berishga undaganligi uchun 16 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fermer ikki yoshli bolani shafqatsizlarcha o‘ldirgani uchun jazoga mahkum etildi