Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy kelishuvdan voz kechsa, u holda bu Qo‘shma Shtatlarga "qimmat"ga tushishi mumkin. BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka kelgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida shu haqida ma’lum qildi.
Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, AQShning kelishuvdan chiqishi qimmatga tushadi. Eron prezidenti "amerikaliklar o‘zlariga foyda keltirmaydigan narsa uchun bunday "baland narx" to‘lashni istashmaydi", deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, agar AQSh prezidentining ma’muriyati yadroviy kelishuvdan chiqsa, bu xalqaro hamjamiyatning Vashingtonga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.
Ruhoniy Arakan shtatidagi voqealarga to‘xtalar ekan, rohingya-musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishi uchun Myanma hukumatini javobgarlikka tortish kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Arakan musulmonlariga gumanitar yordamni Myanmaga emas, Bangladeshga yo‘llash kerak. Bunday yordam bugungi kunda Arakan musulmonlari yashab kelayotgan qochqinlar lagerlariga bevosita yetkazilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi