
19 sentyabr, seshanba kuni «minalashtirganlik» haqidagi anonim qo‘ng‘iroqdan so‘ng Rossiyaning 14 ta shahrida 100 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Evakuatsiya 152 ta ob’ektni o‘z ichiga olganligi ta’kidlanmoqda. Tahdidlar haqidagi ma’lumot Moskva, Salexard, Rostov-Don, Volgograd, Yekaterinburg, Astraxan, Voronej va boshqa bir qator shaharlardan kelib tushgan.
Bombalar qo‘yilganligi haqidagi anonim qo‘ng‘iroqlardan so‘ng sakkizta poytaxt boshqarmalaridan odamlar evakuatsiya qilingan. Markaziy bolalar do‘koni va «Gagarinskiy» savdo-ko‘ngilochar markazida ham evakuatsiya o‘tkazilgan. Seshanba kechqurun «Kitay-gorod» metro stansiyasi yopilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar