Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Jozef Danfordning ma’lum qilishicha, 2025 yilga kelib Xitoy AQSh xavfsizligiga eng katta tahdid soladi. Bu haqda «CNN»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar Senatining qurol-yarog‘ bo‘yicha komissiyasi oldida hisobot bilan chiqish qilgan general Danfordning ta’kidlashicha, Xitoy Osiyo-Tinch okeani mintaqasida AQShning ta’sirini sezilarli darajada cheklamoqda va Qo‘shma Shtatlarning asosiy harbiy-texnologik ustunligini yo‘q qilishga intilmoqda.
Biroq, Danfordning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda asosiy tahdid Rossiya va Shimoliy Koreyadir. Rossiya o‘zining yadroviy kuchlarini faol ravishda kuchaytirmoqda va rivojlantirmoqda, shuningdek, yuqori aniqlikdagi qurollarni yaratish ustida ishlamoqda. Shimoliy Koreya ham o‘z yadroviy qurolining sinovlari sabab eng asosiy tahdidlar ro‘yxatidan joy oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi