Myanma hukumati BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni mamlakatga va Rokhayn shtatiga safar qilishga taklif etdi. Ayni shtatni so‘nggi oyda bir necha yuz ming rohingya musulmonlari tark etishdi. Bu haqda Myanma milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi U Taung Tun ma’lum qilgan.
Guterresh 28 sentyabrda zo‘ravonliklar tufayli vatanlarini tark etgan rohingya qochqinlarining Myanmaga qaytish choralarini ko‘rish kerakligi haqida aytgan edi.
“Yangondagi diplomatik korpus vakillari jurnalistlar hamkorligida 2 oktyabr kuni Rokhayn shtati shimoliga borishadi. Ular vaziyat bilaan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Men bosh kotib va o‘rinbosariga Myanmaga tashrif buyuri bo‘yicha taklifnoma topshirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilaman. Biz ularni yaqin kunlarda kutib olishga umid qilamiz”, - degan maslahatchi BMT XKning Myanmadagi vaziyatga bag‘ishlangan yiilishida.
Bundan avvalroq, BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik BMTning qator boshqarmalari rahbarlari Rokhayn shtati shimoliga borishi haqida xabar qilgan, ammo keyinchalik bu safar boshqa vaqtga ko‘chirilgani ma’lum qilingan edi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"