
7 sentyabr kuni Meksika janubida yuz bergan 8,2 magnitudali zilzila ketma-ket takror yer silkinishlarini keltirib chiqardi, ular haligacha to‘xtagani yo‘q, deb yozadi «Daryo» Milliy seysmologiya xizmatiga tayanib. Ayni paytga qadar 5,4 mingta aftershoklar qayd etilgan.
«28 sentyabr 08:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00) holatiga ko‘ra, Teuantepek ko‘rfazidagi 8,2 magnitudali zilziladan keyin 5402 ta yer osti silkinishlari qayd etilgan», — deyiladi tashkilot Twitter’ida.
Oaxaka, Chyapas va Tabasko shtatlarida tabiiy ofat zarbasidan 96 kishi halok bo‘ldi, hududga jiddiy moddiy zarar yetdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar