Kanadada 45 million dollarlik jekpotni yutib olgan lotereya o‘yinchisi qidirilmoqda

Kanadada 45 million dollarlik jekpotni yutib olgan lotereya o‘yinchisi qidirilmoqda
Kanadada 45 million dollarlik jekpotni yutib olgan lotereya o‘yinchisi qidirilmoqda

Noma’lum shaxs Kanadadagi eng yirik jekpotni yutib oldi. Bu haqda «Exo Moskvi» ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Uning pul yutug‘i 45 million AQSh dollariga teng. Xabar berishlaricha, Lotto-Max lotereyasining baxtli chiptasi Ontario viloyatida sotilgan. Bundan tashqari, yana 15 kishi 750 ming dollar miqdorida rag‘batlantiruvchi mukofotlarga ega bo‘lgan.

Odatda Lotto-Max’ning jekpotlari 38 million dollardan oshmaydi, biroq bu safar — 7 avgustdan beri lotereyada hech kim g‘olib chiqmayotgani sabab, tashkilotchilar sovrin jamg‘armasini oshirishga qaror qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar