15:27 / 01.10.2017
5 476

Ispaniya politsiyasi Kataloniya rahbari ovoz berishi kerak bo‘lgan saylov uchastkasiga kirishni yopib qo‘ydi

Ispaniya politsiyasi Kataloniya rahbari ovoz berishi kerak bo‘lgan saylov uchastkasiga kirishni yopib qo‘ydi
Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Jirona viloyatidagi Kataloniya mustaqilligi masalasidagi refrendumda Kataloniya rahbari Karles Puchdemon ovoz berishi kutilgan saylov uchastkasiga kirishni yopib qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Twitter’da e’lon qilingan videoyozuvda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bino ichiga kirish uchun oynavand eshikni sindirayotgani aks etgan.

Avvalroq Puchdemon barcha xohlovchilarni Ispaniya hukumati tomonidan noqonuniy deb e’lon qilingan referendumda ovoz berishga chaqirgan edi. Kataloniya hukumati viloyat fuqarolariga istalgan saylov uchastkasida ovoz berishga ruxsat etgan.

Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendum mahalliy vaqt bilan 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00 da) boshlangan bo‘lib, 20:00 ga (Toshkent vaqti bilan 23:00 ga) qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya politsiyasi Kataloniya rahbari ovoz berishi kerak bo‘lgan saylov uchastkasiga kirishni yopib qo‘ydi