Putin ikki yildan buyon birinchi marta Obama bilan uchrashadi

Dushanba kuni Rossiya va AQSh prezidentlarining ikki yildan buyon birinchi to‘la formatdagi uchrashuvi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Vladimir Putin va Barak Obama BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishlaridan so‘ng bir soat davomida o‘zaro suhbat o‘tkazishadi.
Ularning oxirgi uchrashuvi 2013 yil sentyabrda Sankt-Peterburgda “Yigirmalik” sammiti doirasida o‘tkazilgan edi. O‘shanda asosiy mavzuga Suriya aylangan edi. Ammo 2014 yildan boshlab Ukraina inqirozi tufayli ikki mamlakat munosabati yomonlashib bordi. Shundan buyon 2014 yilda Putin va Obama ikki marta uchrashishdi – iyun oyida Normandiyadagi bayramona tadbirda va noyabr oyida Xitoydagi ATES sammitida. Ammo har ikkala tadbirda ham ular suhbat o‘tkazish uchun maxsus vaqt ajratmagan edilar.
Ushbu uchrashuvga kelish oldidan tomonlar uzoq muddat muzokaralar olib bordilar. Uchrashuv masalasi hal bo‘lgach, AQSh birinchi bo‘lib bunday taklifni Kreml berganini ta’kidlashga shoshildi. Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov, o‘z navbatida, uchrashuv sanasini Oq Uy taklif qilganini oshkor qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing