15:02 / 02.10.2017
5 197

Yamanlik isyonchilar Amerika droni urib tushirilishini tasvirga olishdi (video)

Yamanlik isyonchilar Amerika droni urib tushirilishini tasvirga olishdi (video)
Yamandagi isyonchi husiylar Amerikaning josus-zarba beruvchi MQ-9 Reaper uchuvchisiz qurilmasini urib tushirilganini videoga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Tasvirlarni Al Masirah telekanali namoyish etdi, deb yozadi Kun nashri.

Unda zenit raketasining uchirilgani va uning uchar qurilmaga borib tekkani aks etgan. Videolavha oxirida bir to‘da kishilar yonayotgan UUQ bo‘laklarini tomosha qilayotgani aks etgan.

Avvalroq, MQ-9 Reaper droni Sana shahridan shimolda urib tushirilgani xabar qilingan edi. Isyonchilarga ko‘ra, u ayg‘oqchilik amaliyotini bajarayotgani ehtimol.

AQSh bu turdagi harbiy dronidan Yamandagi Al Qoida jangarilariga qarshi foydalanadi. 2015 yildan Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasi ham shu dronlardan foydalanib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamanlik isyonchilar Amerika droni urib tushirilishini tasvirga olishdi (video)