11:03 / 04.10.2017
6 178

Ispaniya qiroli Kataloniya referendumiga munosabat bildirdi

Ispaniya qiroli Kataloniya referendumiga munosabat bildirdi
«Kataloniya Ispaniya tarkibida qoladi», deya ta’kidlagan mamlakat qiroli Felipe VI. Bu haqda Kun nashri xabar beradi.

«Biz demokratik prinsiplarimizga rioya qilishimiz lozim. Shu tariqa, kelgusida yanada yaxshiroq bo‘luvchi Ispaniya tarkibida Kataloniya ham bo‘lishini istaymiz», — degan qirol millatga qilgan murojaati chog‘ida.

Qirolning fikricha, Kataloniya hokimiyatining referendum bilan bog‘liq xatti-harakatlari noqonuniy.

«Biz Kataloniya Jeneralitetining noqonuniy harakatlariga guvoh bo‘ldik», — degan qirol o‘z murojaatida.

Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmaydigan, o‘tkazilguniga qadar Konstitutsiyaviy sud tomonidan muzlatilgan referendum Kataloniyada o‘tgan yakshanba kuni tashkillashtirilgandi. Ba’zi bir saylov uchastkalarida politsiya va saylovchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan, har ikki tomondan jabrlanganlar bor.

Ispaniya hukumati Kataloniyadagi hokimiyatni norozilik namoyishlari chog‘ida jabrlanganlar haqida noxolis axborot tarqatayotganlikda ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya qiroli Kataloniya referendumiga munosabat bildirdi