17:07 / 04.10.2017
5 564

Barselona shahri gvardiyasi: shaharda norozilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plandi

Barselona shahri gvardiyasi: shaharda norozilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plandi
3 oktyabr, seshanba kuni Kataloniya mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendumni to‘xtatishga qilingan harakatlarga qarshi bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plangan. Bu haqda «TASS»ga asoslanib, «Daryo» xabar berdi.

«Barselonada uyushtirilgan nozorilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plandi», — deyiladi Barselona huquq-tartibot xizmatining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

1 oktyabr, yakshanba kuni Kataloniyada Ispaniya tarkibidan ajralib chiqish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Unda ovoz berish huquqiga ega 5,31 millon kataloniyalikning 2,26 millioni qatnashdi. Ovoz beruvchilarning 90 foizi mustaqillikni yoqlagan. Madrid ushbu referendumni noqonuniy deb hisoblamoqda, Barselona esa ovoz berish jarayonlari boshlangunga qadar plebissit qonuniy kuchga ega ekanligini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barselona shahri gvardiyasi: shaharda norozilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plandi