
Internetda Braziliyadagi Panatala degan joyda kayman turidagi timsoh va yaguarning ayovsiz olishuvi videosi paydo bo‘ldi. Britaniyalik suratkash Kris Brunskill tomonidan tasvirga olingan video tvitterda joylashtirildi, deb yozadi Kun nashri.
Videoda yaguar pisib kelib kaymanga tashlanib, uni suv ostiga tortib ketganini ko‘rish mumkin. Bir lahzaga ikki jonzot ham suv ostiga g‘arq bo‘ladi, biroq biroz fursatdan keyin olishuv yana suv sirtida davom etadi. Bu olishuvda yaguar g‘olib chiqdi: u kaymanni jag‘lari bilan bo‘g‘izlagancha sohilga tortib chiqara boshlagan.
Kaymanlar timsohlarning kichik o‘lchamli vakillari bo‘lib, uzunligi kam hollarda 2 metrdan oshadi. Bu sudralib yuruvchilar asosan Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar