Robert Nababan Indoneziyaning Rigu viloyatida ishdan uyiga qaytayotganida, ulkan hajmdagi ilon ikki piyodaning yo‘lini to‘sib qo‘yganini ko‘rib qoladi, deb yozmoqda Kun nashri.
Palma maydonining 37 yoshli qorovuli bu holatga aralashish va ulkan bo‘g‘ma ilonni yo‘ldan haydab yuborishga qaror qildi, lekin ilon o‘tkir tishlari bilan Robertning qo‘llariga yopishib olgan.
Erkak bo‘g‘ma ilon bilan yo‘lning o‘rtasida kurashga kirishdi, o‘tkinchi yo‘lovchilar esa bu holatdan dahshatga tushishdi. Uzoq davom etgan “jang”dan so‘ng sudraluvchi o‘ldirildi, erkak esa chuqur jarohatlar bilan kasalxonaga jo‘natildi.
“Men uni ushlab olishga harakat qildim. U qo‘limdan tishlab oldi, hamda biz kurashdik”, - deydi Robert bo‘g‘ma ilon bilan to‘qnashuv haqida.
Mag‘lub etilgan bo‘g‘ma ilon Robertning qishlog‘ida hammaga ko‘rinarli joyga osib qo‘yildi.
Indoneziya OAVning ta’kidlashicha, joriy yilning martida G‘arbiy Sulavesida istiqomat qiluvchi boshqa shaxsning bu ulkan ilon bilan to‘qnashuvi ayanchli yakun topgan. Uning jasadi bo‘g‘ma ilonning oshqozonida topildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi