18:41 / 06.10.2017
6 962

Vladimir fojiasi: poyezd o‘z yo‘lida davom etdi

Vladimir fojiasi: poyezd o‘z yo‘lida davom etdi
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temir yo‘l kesishmasida avtobus bilan to‘qnashib ketgan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan poyezd o‘z yo‘lida davom etdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa gubernatori matbuot kotibi Rita Shlyaxovaga asosan xabar tarqatdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

6 oktyabrga o‘tar kechasi Vladimir viloyatining Petushinsk tumani Pokrovka stansiyasi yaqinidagi temir yo‘l kesishmasida avtobus va "Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod" yo‘nalishidagi poyezd to‘qnashuvi yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi halok bo‘lgan, shu jumladan yosh bola ham. Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng besh kishi kasalxonaga yotqizildi, ularning to‘rt nafari jonlantirish bo‘limida.

"Transport departamenti direktori ma’lumotiga ko‘ra, YTHga uchragan poyezd yo‘lga chiqqan. Poyezd mashinisti jabrlanmadi, kabina biroz zarar ko‘rdi", - degan agentlik suhbatdoshi.

“Rossiya temir yo‘llari”dan ta’kidlashlaricha, "Sankt-Peterburg – Nijniy Novgorod" yo‘nalishidagi 60-sonli poyezd tergov harakatlari tugaganidan so‘ng, Moskva vaqti bilan soat 10:47da o‘z yo‘li bo‘ylab davom etgan. Poyezdning kechikishi 7 soatu 6 daqiqani tashkil qildi. "Rossiya temir yo‘llari” dispetcherlar apparati poyezdning jadval bo‘yicha kechikishini kamaytirish uchun barcha ishni qilmoqda. Hozirgi paytda vagon-restoranda yo‘lovchilar uchun issiq ovqat tashkil etilgan. Poyezd yo‘lovchilari, poyezd va lokomotiv brigadasi YTH oqibatida jabrlanmadi", - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir fojiasi: poyezd o‘z yo‘lida davom etdi