15:06 / 07.10.2017
4 608

Las-vegaslik qotil millioner bo‘lgan

Las-vegaslik qotil millioner bo‘lgan
AQSh soliq boshqarmasi las-vegaslik mergan Stiven Peddokning hisob raqamida besh million dollar borligini aniqladi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, kantri-musiqa festivaliga tashrif buyurganlarni o‘qqa tutgan Peddok 2015 yilda bunday katta miqdordagi mablag‘ni deklaratsiyadan o‘tkazgan, u qimor o‘yinlarini daromad manbai sifatida ko‘rsatgan. Tergovchilar bu mablag‘ning bir qismi investitsiyalar orqali kelgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayaptilar.

O‘z navbatida, CNN telekanali Peddok Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklarida to‘xtab o‘tgan holda, 20 marotaba kema orqali safar qilganligini aniqladi. Biroq, tergov bu sayohatlarning tafsilotlari hamda ularning sanalarini oshkor qilmadi. Shunisi ma’lumki, ko‘pgina kemalarning bortida kazinolar mavjud bo‘lgan.

Bundan tashqari, telekanalning qayd etishicha, politsiya Peddok nima sababdan qatliom uyushtirganini haligacha aniqlay olmadi. Avvalroq uning do‘sti Merilu Denli qotilni tinch va g‘amxo‘r inson sifatida bilishini aytgandi.

1 oktyabr oqshomida 64 yoshli amerikalik Stiven Peddok Las-Vegasdagi kantri-festival ishtirokchilarini o‘qqa tutdi. Jinoyatchi Mandalay Bay mehmonxonasining 32-qavatidagi xonadan turib pastdagi minglab kishilar ustiga o‘q yog‘dirdi. 59 kishi o‘limi va 500dan ortiq kishi jarohatlanishi bilan yakunlangan bu qonli hodisa Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik bo‘ldi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Las-vegaslik qotil millioner bo‘lgan