22:04 / 08.10.2017
6 640

Saudiya Arabistoni qirolining korteji moskvaliklarni hayratlantirdi

Saudiya Arabistoni qirolining korteji moskvaliklarni hayratlantirdi
Rossiyaga davlat tashrifi bilan kelgan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud kortejining Moskva bo‘ylab o‘tgani videosi paydo bo‘ldi. YouTube‘da joylashtirilgan videoda qirolning turnaqator kortejining Bolshaya Kamennaya ko‘prigi orqali yo‘l-patrul xizmatining mototsiklchilari va mashinalari hamrohligida o‘tayotganini ko‘rish mumkin.

Hammasi bo‘lib kortejda 23 ta Mercedes mashinasi, jumladan 6 ta sedan, 2 ta diplomatik raqamga ega Mercedes, 7 ta Gelandewagen yo‘ltanlamasi, minivenlar va bitta furgon bo‘lgan.

Qirol Moskvaga 5 oktyabr kuni keldi. U bilan birga ming kishilik delegatsiya tashrif buyurgan. Delegatsiya uchun Moskva markazidagi bir nechta mehmonxonalardagi barcha bo‘sh xonalar band qilib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni qirolining korteji moskvaliklarni hayratlantirdi