12:55 / 09.10.2017
6 079

Serjant sug‘urta pullarini olish maqsadida rafiqasini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Serjant sug‘urta pullarini olish maqsadida rafiqasini o‘ldirmoqchi bo‘ldi
Buyuk Britaniya politsiyasining faoliyatldagi serjanti pul uchun o‘z rafiqasini o‘ldirishga bir necha marta urindi.

Gap shundaki, u rafiqasini o‘ldirib, sug‘urta pullariga ega chiqmoqchi edi. Bundan tashqari, u pullarni olib, o‘z “xushtorining” yoniga ketmoqchi bo‘lgan. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Emilning rafiqasi Viktoriya vafot etgan taqdirda, uning turmush o‘rtog‘i 120 ming funt sterling miqdordagi sug‘urta pulini olishi mumkin edi.

Serjant Emil Sillers o‘z rafiqasidan qutilish rejasini tuzadi. Birinchi marta Emil rafiqasi Viktoriya uyda qolgan vaqtida, gaz murvatini buzib qo‘yadi. Ammo ayol mo‘’jizaviy ravishda tirik qoladi...

Bu usul ham “samara” bermagach, keyingi rejani amalga oshirishga o‘tadi. Bu safar u rafiqasini parashyutdan sakrashga undaydi.

Dam olish kunlari sayrga chiqqan Viktoriya erkakning taklifi bilan parashyutdan sakrashga qaror qiladi. Emil Sillers parashyutning muhim detallarini oldindan sindirib, nosoz holga keltirib, tayyorlab qo‘ygandi.

Sakrash davomida ayolga mustahkamlangan uchish vositasining na asosiy, va na qo‘shimcha parashyutlari ochiladi. Natijada Viktoriya ko‘plab tan jarohati oldi, ammo serjantning “baxtiga qarshi” u yana tirik qoldi.

Voqea yuzasidan surishtiruvni boshlagan politsiyaning shubhasi Emilga qaratildi. Aniqlanishicha, Emil shu kuni o‘z xushtori Stefani Gollerga endi ozod ekanligi haqida oldindan aytib qo‘ygan.

“Men sen bilan hayotda birga bo‘lish uchun ko‘pchilikni qurbon qilishga tayyorman”, deya xabar jo‘natgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Emil hatto yangi xushtori Stefanini ham aldab yurgan. U o‘z rafiqasidan, qolaversa, xushtoridan yashirin tarzda sobiq rafiqasi Karli bilan ham uchrashib yurgan bo‘lgan.

Hozirda Emil Sillers “qing‘irliklari” ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serjant sug‘urta pullarini olish maqsadida rafiqasini o‘ldirmoqchi bo‘ldi