
Sammit boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida Putinga sovg‘ani topshirgan Berdimuhamedov «alabaylar — juda ham sodiq kuchuklar», ekanligini ta’kidladi.
«Bugun men «Sodiq» laqabli alabay zotiga mansub kuchukchani olib keldim. O‘ylashimcha, bu sizlarda ham mashhur ism. U sizga yoqadi degan umiddaman», — dedi Berdimuhamedov.

Turkman alabaylari — O‘rta Osiyo ovcharkalarining bir turi. Turmanistonda ushbu zotdagi kuchuklar axalteka otlari bilan bir qatorda milliy boylik hisoblanadi.
2010 yilda Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov «Janubiy oqim» gaz quvuri bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Putinga bolgar ovcharkasini sovg‘a qilgan edi, unga Baffi deya laqab qo‘yishgan. 2012 yilda Yaponiyaning Akita prefekturasi rahbari Rossiya zilzila oqibatida Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududiga ko‘rsatgan yordamiga minnatdorchilik sifatida akita-inu zotli «Orzu» kuchugini sovg‘a qilgan edi. Putinning eng mashhur kuchugi — labrador zotli Koni. Uni 2000 yilda FVV vaziri lavomida bo‘lgan Sergey Shoygu sovg‘a qilgan. Koni 2014 yilda o‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar