18:24 / 11.10.2017
6 207

Meksika turmasida ommaviy mushtlashuv!.. Qurbonlar 15 kishi!!!

Meksika turmasida ommaviy mushtlashuv!.. Qurbonlar 15 kishi!!!
Meksikaning Kadereyt shahrida joylashgan turma mahbuslari o‘rtasida ommaviy mushtlashuvlar yuzaga kelgan. Keyinroq mahbuslar turma xodimlarini va raqib hisoblangan aristonlarni garovga olgan. Ma’muriyat esa uzoq muddat ular bilan kelishuvlarga erishish uchun harakat qilgan. Ish chiqmagach, hujum boshlash buyurilgan.

Aytishlaricha, halok bo‘lganlardan tashqari, 8 nafar mahbus o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Tibbiyotchilar qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini aytib o‘tishdi. Bundan tashqari, turma xodimlaridan biri ham to‘qnashuvlar chog‘ida jiddiy jarohat oldi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, tartibsizliklarni keltirib chiqargan mahbuslar ikkita jinoiy guruhga tegishli bo‘lib, oradagi muammolarni tinch yo‘l bilan hal eta olmagach, kuch ishlatishga o‘tgan.

Ayni paytda turma to‘liq soqchilar nazoratiga olingan.
Yaqinda Meksikaning janubi-g‘arbida joylashgan turmada ham ommaviy mushtlashuvlar bo‘lib o‘tgan va 28 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksika turmasida ommaviy mushtlashuv!.. Qurbonlar 15 kishi!!!