21:20 / 11.10.2017
6 408

Los va bo‘rining olishuvi dron yordamida suratga olindi

Los va bo‘rining olishuvi dron yordamida suratga olindi
Kanadalik Den Naystedt Shimoliy Ontario ko‘lida losning bo‘ri bilan olishuvini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. 6 daqiqalik video DJI Phantom 4 Pro droni yordamida suratga olingan, deb yozadi Kun nashri.

Bo‘ri losdan o‘lchami kichik bo‘lishiga qaramay, qo‘qqisdan o‘rmondan chiqib sayozlikda turgan losga hujum qilib qolgan. Dastlab los bo‘ridan himoyalanib, unga tuyoqlari bilan zarba berishga urinadi. Shunday lahzalardan birida bo‘ri losning oyog‘iga hippa yopishib oladi va uni qo‘yib yuborishni istamaydi. Los xarchand urinmasin, bo‘ri uni qo‘yib yubormaydi. 2 daqiqachadan keyin los oxir-oqibat bo‘rining jag‘lari orasidan chiqishga muvaffaq bo‘ladi va qirg‘oq bo‘ylab qocha boshlaydi. Bo‘ri o‘ljani qo‘yib yuborishni istamay, uning ortidan ancha vaqt suzib borgan.

Natijada los ko‘l ichiga ancha ichkarilab ketgach, losni ta’qib qilishdan xorgan bo‘ri ortga qaytishga qaror qilgan. Rolik so‘ngida temir yo‘l izlarida turib nasib qilmagan o‘ljasi ortidan kuzatib turgan ikkita bo‘ri tasvirlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Los va bo‘rining olishuvi dron yordamida suratga olindi