12:30 / 15.10.2017
4 996

Nyu-Yorkdagi restoran xodimasi aldov yo‘li bilan RT uchun «Putinburger» haqida syujet tasvirga oldi (video)

Nyu-Yorkdagi restoran xodimasi aldov yo‘li bilan RT uchun «Putinburger» haqida syujet tasvirga oldi (video)
Rossiya federal kanallarida Amerika restoranida Rossiya Prezidentining tug‘ilgan kuniga atab tortilgan «Putinburger» haqidagi syujet haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Nyu-Yorkdagi «Lucy’s Cantina Royale» restorani vakili Shon Rayan ma’lum qildi.

«Russia Today» nashri uchun tayyorlangan syujetda restoran xodimasi Vladimir Putinning 65 yoshiga atab 1952 grammli (Putin tug‘ilgan yil) burger tortilayotganini aytgandi. Restoran vakili esa muassasa «hech qanday shaklda Vladimir Putinning tug‘ilgan kunini nishonlamagani»ni ta’kidladi.

U, shuningdek, syujetda qatnashgan qiz «o‘quv loyihasini suratga olyapman» deb yolg‘on gapirgani haqida Daryo.uz ma’lum qildi.
Qizni ishdan chetlatishdi. Endi hodisa bilan huquqshunoslar shug‘ullanmoqda, dedi restoran vakili.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkdagi restoran xodimasi aldov yo‘li bilan RT uchun «Putinburger» haqida syujet tasvirga oldi (video)