16:05 / 15.10.2017
12 877

Yillar davomida o’spirinni ta’qib qilgan arvoh u bilan birgalikda selfiga tushdi

Yillar davomida o’spirinni ta’qib qilgan arvoh u bilan birgalikda selfiga tushdi
Kunlardan bir kuni Nioll Dey Facebookdagi profili rasmini yangilash uchun selfiga tushdi. Ushbu suratni internetda ko‘rib qolgan buvisi esa rasmda nabirasidan tashqari yana kimdir borligini payqadi va bu haqida Niollga yetkazdi. Nioll suratni sinchklab ko‘rganda xona chetida noma’lum dog‘ bor ekanligiga amin bo‘ldi.

Prestonda istiqomat qiluvchi o‘spirin o‘zining doimiy xamrohi – qariya ruhini avvaldan bilgan. Yigitning aytishicha, arvoh bir necha yildan buyon uydagi buyumlarni o‘z o‘rnidan siljitar, vahimali ovoz chiqarar ekan. Nioll arvohning mavjudligini ilk bor 5-6 yil avval, ota-onasi bilan yangi uyga ko‘chib kelganda sezgan. Tunda uyg‘onib ketgan o‘smir xona burchagida unga qarab jahl bilan vaysayotgan dahshatli qariyani ko‘rgan.

Avvaliga Niollning ota-onasi uning so‘zlariga e’tibor berishmagan, keyinchalik esa uyda rostan ham qandaydir hodisalar bo‘layotganini anglashgan. Niollning telefonidagi suratdan so‘ng oila a’zolari uyda bir o‘zlari emasliklariga to‘liq ishonch hosil qilishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yillar davomida o’spirinni ta’qib qilgan arvoh u bilan birgalikda selfiga tushdi