Misrlik harbiylar Sinay yarimoroli shimolidagi nazorat-o‘tkazish punktlariga hujumlarni qaytarishda 24 jangarini yo‘q qilishdi. Bu haqda Misr qurolli kuchlari rasmiy vakili ma’lum qilgan.
Harbiylar orasida 6 kishi halok bo‘lgan. Jangarilar Sinay yarimorolidagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilishgan. Hujum Karad al-Kavadis aholi punkti yonida sodir etilgan.
Ushbu hujum harbiylar Sinay shimolidagi harbiy ob’ektga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ikki hudkushni yo‘q qilinganining ertasiga sodir etildi.
13 oktyabrda Al-Arish shahrida jangarilar hujumi oqibatida 6 nafar misrlik harbiy halok bo‘lgandi va bir necha kishi jarohat olgandi.
Misr 3,5 yildan ko‘proq vaqtdan beri Sinayda aksilterrorchilik operatsiyasini olib boradi. Bu yerda borish qiyin bo‘lgan joylarda terrorchilik guruhlari qo‘nim topgan. Oxirgi vaqtda yarimorolda terrorchilar qo‘lidan yuzlab harbiy va politsiyachilar halok bo‘lgan.
Shuningdek, 13 oktyabrdan Sinay shimolidagi bir qator hududlarda komentdantlik soati muddati uzaytirilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi