
Tailandda istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan biri kir yuvish mashinasi buzilib qolgani bois ustani chaqirib, uni bir necha kun hovlida qoldiradi.
Mashina xona ichiga qayta olib kirilgach, uy sohibi – 48 yoshli Korncharun Rokchaya texnika vositasining chayqalayotganini payqadi. Eshikni ochganda esa unga hujum qilishga shaylangan bahaybat piton bilan to’qnash keldi.
Qo’rqib ketgan Korncharun orqaga yiqilib ketdi va darhol oyog’i bilan mashina eshigini yopdi. "Mutaxassislar 3,5 metr uzunlikdagi pitonni kir yuvish mashinasidan chiqarib olgunlariga qadar naqd yarim soat vaqt sarflashdi" deb yozmoqda "120.su" sayti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar