
Donald Tramp “Uddaburon Xillari” 2020 yildagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi kerak deb hisoblayapti. Bu haqida “Regnum.ru” sayti xabar bergan.
AQSH prezidenti bu fikrni 16 oktyabr kuni Twitterdagi shaxsiy mikroblogi orqali ma’lum qilgan.
“Yaqindagina menga “Xillari 2020 yildagi saylovlarda ishtirok etadimi?” deya savol berishdi. Men esa “Bunga umid qilaman!” deb javob berdim” deydi Oq uy rahbari.
Eslatib o’tamiz, sentyabr oyida Xillari Klinton 2016 yildagi prezidentlik kompaniyasi hotiralari haqida hikoya qiluvchi “Nimalar bo’lib o’tdi” nomli kitobini taqdim qilgandi. Tramp esa kitobga nisbatan fikr bildirib, Xillari Klinton “barcha narsada o’zini emas, boshqalarni ayblab saylovda yutqazganini” ta’kidlagan.
Oq uyda Xillari Klinton tomonidan yozilgan kitob “ko’plab yolg’on hikoya va ayblovlarga to’la” ekanligi aytilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar