10:18 / 19.10.2017
6 556

“Titanik” yo’lovchisining maktubi auktsionga qo’yildi

“Titanik” yo’lovchisining maktubi auktsionga qo’yildi
“1912 yili “Titanik” layneri yo’lovchisi jasadi yonidan topilgan maktub Buyuk Britaniya auktsioniga qo’yildi” deb xabar beradi “Vesti.ru” sayti. Maktub kema cho’kishidan biroz oldinroq yo’lovchi tomonidan layner bortida yozilgan.

Maktub muallifi Aleksander Oskar Xolverson ushbu xatni onasiga yo’llamoqchi bo’lgan va unda quyidagicha so’zlarni ko’rish mumkin: “Bu bahaybat kema huddi hashamatli mehmonxona kabi jihozlangan. Agar barchasi o’z joyida bo’lsa, biz chorshanba kuni ertalab Nyu-yorkda bo’lamiz”.

Amerikalik biznesmen Xolverson rafiqasi bilan Argentinadan AQSHga qaytayotgan edi. Uning maktubida kema taomlari va ko’ngilxushliklar haqida ham bayon qilingan.

Halokat paytida Xolverson cho’kib ketgan, rafiqasi esa omon qolgan.

Ayni paytda maktub 60-80 ming funt deya baholanmoqda

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Titanik” yo’lovchisining maktubi auktsionga qo’yildi