
Amerika prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya turmush o’rtog’ining inauguratsiyasi paytida kiygan libosini Amerika tarixi milliy muzeyiga taqdim etdi. Bu haqida “Spletnik.ru” sayti xabar bermoqda. Qizil kamarli ushbu libos eskizi dizayner Erve Pyer tomonida Melaniya muallifligida yaratilgan.
Marosim chog’ida Melaniya modelyerni omma e’tiboriga tanishtirib, libos haqida quyidagi so’zlarni aytdi:
“Saylovdagi muvaffaqiyatga qadar mening turmush o’rtog’im siyosatchi emasdi, shu sababli natijalar e’lon qilingandan keyin oilamiz yangi ma’muriyat va o’zgarishlar bilan band bo’lib qoldi... Bechora Ervega esa libos yaratish uchun ikki haftagina muhlat bergandik”.
Melaniya ushbu ko’ylakka qadar Erve bilan hamkorlikda ish olib bormagani, ammo uning “haqiqiy rassom va professional ekanligidan” xabardor bo’lganini ham qo’shib qo’ydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar