Turkiyalik ota qizining unashtirilganidan xabar topgach, xafa bo‘lib «Facebook Live» to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi «New York Post».
Turkiyaning Kayseri shahrida yashovchi 54 yoshli Ayxan Uzun foydalanuvchilarga yoshlar undan to‘y uchun ruxsat so‘ramagani va o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilgani sababli, o‘z hayotiga nuqta qo‘ymoqchiligini aytgan, deb xabar beradi Daryo.uz.
«Meni bunday ahvolga olib kelganlar dafn marosimimga kelishini istamayman», — degan u.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, «qizining hayotidagi eng quvonchli kun» — uning unashtiruvi haqida unga qo‘ng‘iroq qilgan xotini orqali xabar topgan. «Hech kim mendan so‘ramadi. Hech kim menga erkak kishiday munosabatda bo‘lmaydi», — deb aytgan u.
Erkakning qo‘lidagi to‘pponchani ko‘rgan foydalanuvchilar uni bu yo‘ldan qaytarishga uringan, ammo u o‘zi hozir his qilayotgan azobni hech kimga ravo ko‘rmasligini aytgach, barcha bilan xayrlashib, tepkini bosgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...