AQSHning USS Ashland desant kemasi Yaponiyadan janubiy tomon 1448 km uzoqlikda Tinch okeanida 5 oy qolib ketgan ikki amerikalik ayolni qutqardi. Bu haqda AQSH harbiy-dengiz kuchlarining rasmiy xabarida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Xabarda aytilishicha, Yaponiyaning Sasebo shahrida joylashgan kema dengiz sayyohlari Jenifer Appel va Tasha Fuiabani 25 oktyabrda qutqarib olgan. Ayollar dvigatellari ishlamay qolgan yaxtada bo‘lishgan.
“Men dengizchilarga ularning vatanimizga xizmatlari uchun minnatdorman. Ular bizning hayotlarni saqlab qolishdi. Ularni ko‘rganimizda faxr va quvonch, yengillik his qildik”, deb aytgan Jenifer Appel.
Kema bortida ayollarga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ular kemada yaqin portga yetib borilguncha qolishadi.
AQSH dengizchilari yaxta haqidagi ma’lumotni 24 oktyabrda Tayvanning baliq ovlovchi kemasidan olishgan. Baliqchilar Gumma sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati bilan, ular esa Tayvan va Yaponiyadagi qutqaruv markazlari bilan bog‘lanishgan. So‘ngra ma’lumot Gonoluluga yetkazilgan. Yaxtada ayollardan tashqari, yana ikkita it ham bo‘lgan.
Ayollarning aytishlaricha, ular Gavayi orollaridan bahorda sayohatga jo‘nashgan. 30 may kuni ularning yaxtasi dvigateli ishdan chiqqan. Ayollar yelkan ostida suzish umidida yo‘llarini davom ettirganlar. Ular har kuni falokat signalini jo‘natib turishgan, biroq hech kim ularni eshitmagan. Appelning aytishicha, ular suvni chuchuklashtiruvchi qurilma va bir yilga yetadigan ozuqa – makaron, guruch va boshqa yeguliklar zaxirasi evaziga jon saqlashgan.
2016 yilda shunga o‘xshash voqea Filippin sohillari yaqinida yuz bergan. Yarim cho‘kkan yaxtada bir erkakning zo‘ravonlik alomatlari bo‘lmagan mumiyoga aylanib qolgan jasadi aniqlangan. Aniqlanishicha, jasad nemis yaxtsmeni Manfred Fris Bayoratga tegishli bo‘lgan. Yaxta topilishidan avval bir necha oy davomida okeanda o‘z-o‘zicha suzib yurgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi