12:18 / 27.10.2017
6 691

Atamboyev yana Qozog‘istonni tilga oldi

Atamboyev yana Qozog‘istonni tilga oldi
Qirg‘iziston prezidenti o‘z siyosatiga qo‘shilmayotganlarga boshqa yashash joyini izlashni maslahat berdi. Bu haqda Almazbek Atamboyev ishonch yorliqlarining topshirilish marosimida ma’lum qilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Mustaqillikni himoya qilish lozim. Qirg‘iziston banan respublikasiga aylana olmaydi», - degan Atamboyev.

«Mamlakatdagi so‘nggi hodisalar kim Qirg‘izistonga «muxlislik qilishi», kim esa respublikani sotishga tayyorligini ko‘rsatib berdi. Biz xuddi ajdodlarimiz kabi mustaqillik uchun hayotimizni berishga tayyormiz. Vatanparvarlik shunchaki oddiy so‘z bo‘lib tuyuladiganlarga esa yaxshiroq joyni maslahat qilgan bo‘lardim. Ehtimol, ular pul va qo‘llab-quvvatlov olayotgan joyni», - degan u.

Atamboyevning ta’kidlashicha, qardosh Qozog‘iston bilan fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olish jarayoni mavjud.

«Biz ularni bemalol qo‘yib yuboramiz. U yerda esa sizni kutib olishadi. U yerda yer ko‘p», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev yana Qozog‘istonni tilga oldi