16:35 / 27.10.2017
27 974

Alisher Usmonov haqida qiziqarli faktlar

Alisher Usmonov haqida qiziqarli faktlar
1.O’zbekistonning Chust shahrida tavallud topgan Alisher Usmonovning asosiy yashash joyi Rublevka posyolkasida bo’lib, uning Londonda va Surrey grafligida ham uylari mavjud.

2.Alisher Usmonov yoshlik yillarida Toshkentning sport klublaridan birida tanishib qolgan Irina Vinerga uylangan. Musulmon yigitning yahudiy, buning ustiga ajrashgan va avvalgi nikohidan bir farzandi bo’lgan ayolga uylanishi hayratlanarli hol edi. Irina Viner bir vaqtlar badiiy gimnastika bo’yicha uch karra O’zbekiston chempionligiga erishgan. Shuningdek u Alina Kabayevaning ustozi ham sanaladi.

3.Alisher Usmonov o’z vaqtida qilichbozlik sport turi murabbiysi va O’zbekiston terma jamoasi a’zosi bo’lgan. 2007 yilda Londonning “Arsenal” futbol klubiga tegishli 14,5 % aksiyalarni sotib olgan.

4.Alisher Usmonovning o’z farzandlari yo’q. Uning merosxo’ri sifatida tilga olinadigan jiyani Bobur Usmonov esa 2013 yili may oyida Toshkentda avtohalokat tufayli olamdan o’tdi.

5.Ma’lumotlarga ko’ra uning biznes imperiyasi ishlarini davom ettirishi tahmin qilinadigan merosxo’rlari orasida yana 5 ta jiyani va shuningdek 1973 yili Toshkentda dunyoga kelgan o’gay o’g’li Anton ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov haqida qiziqarli faktlar