21:42 / 28.10.2017
6 652

O‘z to‘yida mehmonlarni pichoqlamoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi

O‘z to‘yida mehmonlarni pichoqlamoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi
Buyuk Britaniyada terrorchi ayol va erkak o‘z to‘ylarini o‘tkazish orqali go‘yoki ular uchun “yo‘ldan adashganlar”ni o‘ldirishmoqchi bo‘lishdi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.

21 yoshli Ummariyat Mirzo to‘y marosimiga taklif qilmoqchi bo‘lgan mehmonlarning ro‘yxatini tuzgach, o‘zlarni yoqtirmagan odamlarni ov pichog‘i yordamida o‘ldirishni maqsad qilganini tan oldi.

Uning rafiqasi – 21 yoshli Madxixa Tohir 7 oylik homilasi bo‘lishiga qaramasdan, qo‘liga pichoq olib, u ham mehmonlarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Ov pichog‘idan foydalanishni esa bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Ummariyat Mirzo o‘rgatgan.

Bu juftlik IShID terrorchilik guruhi ta’limotiga amal qilishgan va ular jihodni amalga oshirishni mo‘ljallashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak kuyov kelindan o‘zlari uchun “dushman” bo‘lgan va ular yoqtirmaydigan insonlarning ro‘yxatini tuzishni so‘raydi. Keyin esa ularni to‘y vaqtida pichoqlashga va’da beradi.

Ummariyat Mirzo shu yil mart oyida Londonning Vestminster ko‘prigida Xolid Masud ismli terrorchi terakt sodir etganidan so‘ng, qo‘lga olindi. O‘shanda Londondagi terakt oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 40 dan ortiq kishi yaralangan edi.

Sud juftlikni terakt uyushtirishga tayyorlanishda ayblab, umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘z to‘yida mehmonlarni pichoqlamoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi